Shohruh reper xonadonida ikkinchi farzand dunyoga keldi. Bu haqda xonandaning o`zi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma`lum qildi.
“Allohga shukur! Ikkinchi farzand! Qizli bo`ldim”,—deb yozdi xonanda quvonchini izhor etib.

Ma`lumot uchun, Shohruh va Zlatalarning to`ylari 2016 yilning 12 may kuni bo`lib o`tgan.

Ularning Islom ismli o`g`illari ham bor.





