Muslimbek Yo`ldoshev do`sti, marhum diktor Abdumo`min O`tbosarov xotirasiga bag`ishlab yozilgan kitobini “Mo`minga begona bahor” deb nomladi. Kitob taqdimoti 23 dekabr kuni bo`lib o`tishi rejalashtirilgan. Bu haqda Muslimbek Yo`ldoshev o`zining Facebook`dagi sahifasida ma`lum qildi.
“Aziz do`stlar, qadrli muxlislar. Ko`z ochib yumguncha bir yil ham o`tib ketibdi!.. Do`stim Abdumo`min O`tbosarov xotirasi hurmati erta bahorda "Mo`minga begona bahor" kitobi ustida ish boshlagan edim, mana, u bitib, muxlislarga taqdim etishga muyassar bo`lib turibmiz.

Xohlovchilarni 23 dekabr soat 15.00 da Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada bo`lib o`tadigan "Mo`minga begona bahor" kitobi taqdimoti va xotira kechasiga taklif etaman. Kirish erkin. Biron hujjatingiz bo`lsa kifoya. Keling, xursand bo`lamiz. Faqat kechikmang!”,—deb yozdi Muslimbek Yo`ldoshev o`zining Facebook`dagi sahifasida.
Abdumo`min O`tbosarov 2016 yilning 31 dekabr kuni 56 yoshda vafot etgan edi.





