Toshkent viloyatining "Olmaliq" futbol klubida murabbiylar shtabi almashdi. Bu haqida klub rasmiy sayti xabar bermoqda, deya ma`lum qildi O`FF matbuot xizmati.
Klub rasmiy saytida berilgan xabarda shunday deyiladi:
Kelayotgan mavsumda jamoa katta o`zgarishlar bilan ishtirok etishi mashg`ulotdan oldin tashkil etilgan kichik yig`ilishda ma`lum bo`ldi. "Olmaliq" futbol klubiga vaqtincha bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Ibragim Yuldashev jamoa a`zolariga yangi murabbiylar shtabini tanishtirdi. Shu paytgacha faoliyat yuritgan jamoa murabbiylar shtabi bilan shartnomalar uzaytirilmaydigan bo`ldi.
Ibragim Haydarovich bosh homiy rahbariyati tomonidan rossiyalik mutaxassis Viktor Balyutovich Kumikov bosh murabbiy etib tayinlanganligini e`lon qildi. Shundan so`ng, bosh murabbiyga ko`maklashuvchi shtab tanishtirildi. Shuningdek, jamoa boshlig`i lavozimi bundan keyin sport direktoriga o`zgartirildi. Bu lavozimda Muxtor Qurbonov faoliyat olib boradi.
Jamoaning umumiy murabbiylar shtabi quyidagi ko`rinishda:
Bosh murabbiy - Viktor Balyutovich Kumikov;
Sport direktori - Muxtor Murodovich Qurbonov;
Katta murabbiy - Oleg Valerevich Kornienko;
Jismoniy tayyorgarlik bo`yicha murabbiy - Roman Muxadinovich Uzdenov;
Darvozabonlar murabbiyi - Anton Sergevich Mayeranov;
Murabbiy - Marat Shavkatovich Axmerov;
Shifokor - Nazarov Maxsud Mahmudovich;
Massajchilar - Viktor Saliev, Nurbek Jo`raev;
Ma`murlar: Ruslan Shoymardonov, Sherzod Yunusov;
Matbuot-kotibi - Baxtiyor Shirinov.





