O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Sirdaryo viloyati hokimi o`zgardi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasiga muvofiq Oybek Shodmonqulovich Ashurmatov Sirdaryo viloyatining hokimi lavozimidan ozod etildi.
Konstitusiyaning ushbu modda va bandlariga hamda xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining qaroriga muvofiq Sirdaryo viloyatining hokimi lavozimiga G`ofurjon G`anievich Mirzaev tayinlandi.





