AsosiyJamiyat

Jizzaxda hokimlik tasarrufidagi yerni sotmoqchi bo‘lgan "uddaburon" ushlandi

Firibgar 40 sotix yerni 205 mln so‘mga "pullayotganda" qo‘lga tushdi.

'Jizzaxda hokimlik tasarrufidagi yerni sotmoqchi bo‘lgan "uddaburon" ushlandi'ning rasmi

Jizzax viloyati huquq tartibot idoralari tomonidan noqonuniy yer sotilish holatlarini aniqlashga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda Baxmal tumanida yashovchi fuqaro “M.S.B.” hokimlik tasarrufida bo‘lgan “Mo‘g‘ol” QFY hududidagi 40 sotix yer maydonini noqonuniy o‘zlashtirib olib, fuqaro “M.A.B.”ga 205 mln. so‘mga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv tadbirlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar