AsosiyJamiyat

Toshkent tibbiyot akademiyasiga yangi rektor tayinlandi

Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori o`zgardi. OTM rektori etib 46 yoshli tibbiyot fanlari doktori va professor Laziz To`ychiev tayinlandi. Bu haqda Toshkent tibbiyot akademiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Laziz To`ychiev rektor etib tayinlangunga O`zbekiston Respublikasi sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari lavozimida faoliyat ko`rsatib kelayotgan edi.

Laziz To`ychievdan avval esa Toshkent tibbiyot akademiyasini 71 yoshli O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, “Do`stlik” ordeni sohibi, Fanlar akademiyasi akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professor, 1991−1998 yillarda sog`liqni saqlash vaziri lavozimida ishlagan Shavkat Karimov o`n yildan ziyodroq vaqt mobaynida boshqargan.

Boshqa yangiliklar