AsosiyJamiyat

O`zbekiston Respublikasi sog`liqni saqlash vaziri o`zgardi

O`Zbekiston Respublikasi sog`liqni saqlash vaziri o`zgardi.

Bosh vazir o`rinbosari Adham Ikromov O`zbekiston sog`liqni saqlash vaziri etib tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Nashr ma`lumotiga ko`ra, Ikromov bosh vazir o`rinbosari lavozimini ham saqlab qoladi.

Adham Ikromov 2012 yildan buyon bosh vazir o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritib, Vazirlar Mahkamasining Sog`liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport kompleksini boshqaradi. 2009−2012 yillarda esa Ikromov sog`liqni saqlash vaziri sifatida faoliyat ko`rsatgan.

2012 yildan buyon Sog`liqni saqlash vazirligiga Anvar Alimov rahbarlik qilib kelayotgan edi. U Respublika ixtisoslashgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

Boshqa yangiliklar