- Olimlarning aniqlashicha, agar ilk uchrashuv vaqtida erkak o`zi hamrohlik qilayotgan ayolga 8,2 soniya ko`z uzmay termulib tursa, demak u sevib qolgan bo`ladi. Qizlarjon, birinchi uchrashuvga o`zingiz bilan birga sekundomer olib chiqishni unutmang!
- Sevish terapiyasi haqida eshitganmisiz? Ma`lum bo`lishicha, sevgiga mubtalo bo`lgan kishining tanasi va miyasi har doimgidan ko`ra yaxshiroq holatga kelar ekan. Asab tolalari tinchlanib, xotira esa 100 foizga tiklanarkan.
- Yoqtirgan insonini ko`rgan holatdagi oshiqning dahshatli filmdan ta`sirlangan kishidan deyarli farqi bo`lmaydi. Negaki har ikki holatda ham ko`z qorachig`i kengayib, kaftlar terlaydi, yurak urishi esa tezlashadi.
- Bir-birini sevib, uzoq vaqt elkama-elka yashagan juftliklarning yuz qiyofalari yillar davomida o`xshash bo`lib qoladi.
- Muhabbatga mubtalo kishi aql bovar qilmas ishlarni bajarishga qodir bo`ladi. Chin ma`noda Majnunga aylanishning sabablari ilmiy jihatdan aniqlandi. Unga ko`ra sevib qolgan insonning qon tarkibida serotonin gormoni ruhiy xasta odamlarniki kabi kam miqdorda bo`ladi. Bu esa o`z xatti-harakatlarini tahlil qila olmaslikka sababdir.
- Bu sizni hayratga solmas, ammo juftliklarning munosabatida ozgina romantika bo`lishi o`rtadagi rishtalarni yanada mustahkamlashi ayni haqiqat! Va bu o`zlarini yanada baxtli his etishlariga turtki bo`ladi.
- Qadimda yunonlar nomsiz barmoqda yurakka borib ulanadigan qon tomiri o`tgan deb, hisoblashgan. Va uni «muhabbat tomiri» deyishgan. Nikoh uzugini aynan shu barmoqqa taqilishining sababi ham shunda. Nikoh uzuginining taqilishi ilk marotaba Qadimgi Misrda qayd etilgan.
- Odatda ayol jufti bilan yuzma-yuz suhbatlashishni xohlasa, erkak esa yaxshi ko`rgan ayoli u bilan elkama-elka o`tirishini yoqtiradi.
- Afsuski, sevish kabi bebaho ne`mat har kimga ham nasib qilavermas ekan. Agar sizga kimdir «umrimda sevmaganman» desa ishonavering. Negaki kamdan-kam uchrasada, muhabbat tuyg`usini tuya olmaslik — gipopituitarizm kasalligi haqiqattan mavjud.
Shifokor tomonidan o`tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko`ra, sevgan yorining bo`sasi kishi organizmi faoliyatini yaxshilab, umr uzayishiga oz bo`lsada hissa qo`shar ekan. Ertalab ishiga shoshib, xotini bilan xayrlashmay ketadigan erkakdan ko`ra, tongini rafiqasidan bo`sa olish bilan boshlagan erkakning umri 5 yilga uzayadi. Erkaklar, umringizni uzaytirishga harakat qiling!





