Bugun O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qo`shma yig`ilishi bo`lib o`tadi.
Tadbir chog`ida O`zbekiston Respublikasining yangi saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoev xalqi oldida qasamyod qiladi hamda Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug`bek Abdusalomovdan tegishli guvohnomani qabul qiladi.
Shuningdek yig`ilish chog`ida Abdulla Aripovni Bosh vazir lavozimiga tayinlash masalasi ko`rib chiqilishi ko`zda tutilgan.
Tadbir bugun, 14 dekabr kuni soat 11:00 da boshlanadi.





