AsosiyJamiyat

Xorazmda uchta tuman hokimi o‘zgardi

Ikkita hokim birinchi marta hokimlik vazifasiga tayinlangan.

'Xorazmda uchta tuman hokimi o‘zgardi'ning rasmi

 Bugun, 18 mart kuni xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov Hazorasp tumani hokimi lavozimiga Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Milliy kadrlar zahirasidan Tuproqqal’a tumanidagi "New Best Style" MCHJ ta’sischisi Abdullayev Maqsudbek Hojiyevich nomzodini tavsiya etdi.

Bundan tashqari, Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov Xonqa tumani hokimi lavozimiga Davlatov Ulug‘bek Jumaniyozovich nomzodini tavsiya etdi. Davlatov Ulug‘bek Jumaniyozovich tayinlovga qadar, Yangibozor tumani hokimining moliya iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, Shovot tumani hokimi lavozimiga Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Milliy kadrlar zahirasidan tavsiya etilgan nomzod - ilgari Xonqa tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Davlatov Muradbek Saparboyevich tayinlandi. tayinlandi. 

    Boshqa yangiliklar