AsosiyJamiyat

Ozoda Nursaidovaning klipini suratga olish jarayonida aktrisani avtomobil bosib ketdi

Mashinani boshqargan voyaga yetmagan aktrisa boshqaruvni yo‘qotgan va Sabrina ustidan ikki marta o‘tib ketgan.

'Ozoda Nursaidovaning klipini suratga olish jarayonida aktrisani avtomobil bosib ketdi'ning rasmi

Voqea 2024 yilning 7 noyabr kuni Ozoda Nursaidovaning "Dilbarim" qo‘shig‘i uchun klip suratga olish jarayonida yuz bergaye. Bu haqda aktrisa Sabrina Jabborova o‘z ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum  qilgan.

Mercedes-Benz G-klass (“gelik”) boshqaruvida voyaga yetmagan boshqa aktrisa S.M. bo‘lgan. U ham klipda suratga tushayotgan bo‘lgan.

S.M operator va rejissyor Sh.M.ning ko‘rsatmasi bilan gaz pedalini bosgan va mashina boshqaruvini yo‘qotgan. Mashinaning g‘ildiraklari Sabrina ustidan ikki marta o‘tib ketgan. Natijada Sabrinaning tos suyagi singan, boshqa a’zolari og‘ir jarohat olgan.i

Birinchi yordam vaqtida ko‘rsatilmagani natijasida ko‘p qon yo‘qotgan. Keyin uni 4-sonli kasalxonaga olib borishgan, 9 soatlik operatsiyadan so‘ng bemorning hayoti saqlab qolingan. Biroq, jarrohlik amaliyoti noto‘g‘ri bajarilgani natijasida, uning chap oyog‘i o‘ng oyog‘idan 7 sm uzunroq bo‘lib, qiz nogiron bo‘lib qolgan.

Ayni vaqtda, shifokorlar qizning salomatligini tiklash uchun uning tos suyagini sindirib, suyaklarni to‘g‘rilash kerakligi, bunday operatsiyalar juda kamdan kam holatlarda muvafaqqiyatli o‘tishini aytgan.

Sabrina voyaga yetmagan qizni suratga olish jarayoniga olib kelgan va unga  mashina haydashga ruxsat bergan A.Qni ayblagan. Suratga olish tashkilotchilari va boshqa aybdor shaxslar jabrlanuvchiga yetarlicha yordam ko‘rsatmagan. Faqatgina 4 oy davomida "filmni suratga olishda texnik qoidalarni buzganligi" uchun jarima sifatida 500 dollar to‘lab turgan.

Jabrlanuvchining onasi Sabrinaning oyoqqa turishiga yordam so‘raganida, u faqat quruq va’dalar va tahdidlarni olgan. Unga voqea bo‘yicha materiallar internetda tarqatilsa, jabrlanuvchiga yordam butunlay to‘xtatilishi aytilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu hodisa bo‘yicha ish sudga oshirilgan, lekin hali sud jarayoni boshlanmagan. Sabrina tergovchi unga ish materiallarini taqdim qilmaganini aytgan.

Shuningdek, Sabrina normal yurish qobiliyatini tiklash uchun chet elda takroriy operatsiya o‘tkazishi kerakligini aytgan va jamoatchilikdan yordam so‘ragan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Andijonda kanal shikastlanishi ortidan aholi xonadonlariga suv kirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:18

    Andijonda kanal shikastlanishi ortidan aholi xonadonlariga suv kirdi

    Mazkur holatga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi munosabat bildirdi.

    'Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va “Digital Generation Uzbekistan” NNM tomonidan  o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi'ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 22:27

    Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va “Digital Generation Uzbekistan” NNM tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi

    Unda sohaning yetuk mutaxassislari, rassom, dizayner, animator, videograf, fotograf va kontent yaratuvchilar ishtirok etmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 20:21

    'O‘zbekiston Prezidenti Moskvaga bordi'ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 19:41

    O‘zbekiston Prezidenti Moskvaga bordi

    O‘zbekiston yetakchisi uchun ajratilgan qarorgohda davlat rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari va Hukumat Raisining birinchi o‘rinbosari kutib oldilar.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 19:34

    'Andijondagi GESni Rossiya kompaniyasi qurayotgan bo‘lgan'ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 19:19

    Andijondagi GESni Rossiya kompaniyasi qurayotgan bo‘lgan

    “O‘zbekgidroenergo” AJ Andijondagi kanalda yuz bergan texnogen holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.