Xonanda Manzura so`nggi paytlarda faol ijod qilmoqda. U ketma-ket yangi qo`shiqlar kuylab, kliplar suratga olmoqda.
“Sayyod.com”ning yozishicha, Manzura 7 dekabr kuni “Bo`ldi, bo`ldi” deb nomlangan qo`shig`iga klip suratga oldirgan. Klipni Narimon Sultonxo`jaev tasvirga olgan. Klip suratga olish jarayonida Manzura shou-biznes olami vakillari, xususan klipmeykerlarning intizomsizligidan nolidi. Manzuraning aytishicha, Narimon Sultonxo`jaev uch oy deganda Manzura uchun klip suratga olishga vaqt ajratgan. Shuningdek, Manzuraning so`zlaridan Narimon Sultonxo`jaev dekorasiya uchun katta mablag` so`raganini ham bilish mumkin. Manzura gap orasida boshqa qo`shiqlariga ham kliplar suratga olingani, biroq ular ancha vaqtdan beri tayyor bo`lmayotganidan shikoyat qildi. So`ziga yakun yasar ekan, “Duo qiling, shou-biznes ahliga Alloh insof bersin”, —deydi Manzura.
Quyidagi Manzuraning “Bo`ldi, bo`ldi” klipi suratga olish jarayonidagi mini intervyusini tomosha qilishingiz va xonandaning yumor hissi nechog`lik boy ekanligiga amin bo`lishingiz mumkin.





