AsosiySalomatlik

Epilepsiyani sun’iy intellekt yordamida aniqlash usuli yaratildi

Dunyoda 50 milliondan ortiq kishi epilepsiya kasalligidan aziyat chekmoqda.

'Epilepsiyani sun’iy intellekt yordamida aniqlash usuli yaratildi'ning rasmi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, sayyoramiz bo‘yicha 50 milliondan ortiq kishi epilepsiya kasalligidan aziyat chekmoqda. Achinarlisi, keyingi davrda ular soni yiliga 5 million nafarga ortyapti. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Bu patologiya – bosh miyaning surunkali xastaligi. U 70 foiz holatda 20 yoshgacha bo‘lgan davrda rivojlanadi.  

Biroq epilepsiya har doim ham yaqqol alomatlar bilan namoyon bo‘lmaydi. Bu esa xastalikni erta bosqichda aniqlash imkonini pasaytiradi. Oqibatda turli asoratlar kelib chiqishi mumkin.

Masalan, fotostimulyatsiya — kasallikka tashxis qo‘yishning asosiy usullaridan biri. Bu jarayonda tibbiy texnologiya yordamida bemor ko‘ziga yorqin nur chaqnashlari yo‘naltiriladi. 

Ammo mazkur usul faqat fotosensitiv epilepsiyani aniqlashda qo‘l keladi. Xastalikning yorug‘likka sezuvchanligi bo‘lmagan turiga tashxis qo‘yishda esa yangi diagnostika usullariga ehtiyoj bor edi. 

Rossiyaning Boltiq federal universiteti hamda N.I. Pirogov nomidagi milliy tibbiy jarrohlik markazi olimlari elektroensefalografiya tahlilining yangi usulini ishlab chiqdi. Bu jarayonda sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalaniladi.

Tadqiqotchilar yangi turdagi tekshiruvni 108 nafar kishida sinovdan o‘tkazdi. Ularning yarmi fotosensitiv bo‘lmagan epilepsiya bilan og‘rigan bemorlar, qolgan qismi esa sog‘lom insonlar edi. 

Ma’lum bo‘lishicha, yangi tahlil usuli epilepsiyaning fotosensitiv bo‘lmagan turiga 71 foiz aniqlikda tashxis qo‘yish imkonini beradi. Kelgusida mazkur yangilik keng qamrovda sinovdan o‘tkazilishi kutilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Salomatlik 17.01.2026 15:58

    'Kaliforniyalik bola dunyoda ilk marotaba gen terapiyasini qabul qildi'ning rasmi

    Salomatlik 24.11.2025 20:02

    Kaliforniyalik bola dunyoda ilk marotaba gen terapiyasini qabul qildi

    Bu kasallik odatda bolaning organizmi va miyasida qaytarilmas o'zgarishlarga olib keladi, og'ir holatlarda esa bemorlar 20 yoshga yetmay hayotdan ko'z yumadi.

    'Dunyoda ilk bor parranda grippidan odam o‘limi qayd etildi'ning rasmi

    Salomatlik 24.11.2025 04:11

    Dunyoda ilk bor parranda grippidan odam o‘limi qayd etildi

    AQSHda parrandalar orasida uchraydigan H5N5 shtammi birinchi marta inson hayotiga zomin bo'ldi.

    'Toshkentda havo keskin ifloslandi: aholiga niqob takish tavsiya etildi'ning rasmi

    Salomatlik 20.11.2025 08:29

    Toshkentda havo keskin ifloslandi: aholiga niqob takish tavsiya etildi

    20 noyabr kuni tongdan boshlab Toshkentda havo sifati keskin yomonlashdi.

    'COVID-19 vaktsinalari saraton davolashda yordam beradimi?'ning rasmi

    Salomatlik 16.11.2025 20:05

    COVID-19 vaktsinalari saraton davolashda yordam beradimi?

    Vaksina olgan ayrim saraton bemorlarining yashash muddati ikki baravar oshgani aniqlandi.

    ''ning rasmi

    Salomatlik 16.11.2025 12:07