AsosiyJamiyat

"Toshkent – Samarqand" yuqori tezlikdagi alohida yo‘lovchi temir yo‘lini qurish loyihasiga start berildi

Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishining amaliy bosqichiga o‘tish uchun asos bo‘lgan tegishli hujjatlar imzolandi.

'"Toshkent – Samarqand" yuqori tezlikdagi alohida yo‘lovchi temir yo‘lini qurish loyihasiga start berildi'ning rasmi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-329-son qarorida  “Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi alohida yo‘lovchi tashish temir yo‘lini qurish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish vazifasi berilgan.

Mazkur loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini “Korea Eximbank”ning grant mablag‘lari hisobidan “Saman Engineyering”, “Dong Meong Engineyering Consultants & Architecture Co., Ltd”, “Korea Railroad Corporation” va “Korea National Railway” kompaniyalari konsorsiumi tomonidan ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Bugun, 14-fevral kuni Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev, Janubiy Koreyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon, Koreya Eksimbank vakolatxonasining Toshkentdagi rahbari Sangjin Kang, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisining birinchi o‘rinbosari Xikmatulla Raxmetov, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari va Koreya kompaniyalari konsorsiumi ishtirokida “Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi alohida yo‘lovchi tashish temir yo‘lini qurish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish masalalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida Koreya kompaniyalari vakillari tomonidan loyiha texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Uchrashuvda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishining amaliy bosqichiga o‘tish uchun asos bo‘lgan tegishli hujjatlar imzolandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Andijonda kanal shikastlanishi ortidan aholi xonadonlariga suv kirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:18

    Andijonda kanal shikastlanishi ortidan aholi xonadonlariga suv kirdi

    Mazkur holatga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi munosabat bildirdi.

    'Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va “Digital Generation Uzbekistan” NNM tomonidan  o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi'ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 22:27

    Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va “Digital Generation Uzbekistan” NNM tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi

    Unda sohaning yetuk mutaxassislari, rassom, dizayner, animator, videograf, fotograf va kontent yaratuvchilar ishtirok etmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 20:21

    'O‘zbekiston Prezidenti Moskvaga bordi'ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 19:41

    O‘zbekiston Prezidenti Moskvaga bordi

    O‘zbekiston yetakchisi uchun ajratilgan qarorgohda davlat rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari va Hukumat Raisining birinchi o‘rinbosari kutib oldilar.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 19:34

    'Andijondagi GESni Rossiya kompaniyasi qurayotgan bo‘lgan'ning rasmi

    Jamiyat 08.05.2025 19:19

    Andijondagi GESni Rossiya kompaniyasi qurayotgan bo‘lgan

    “O‘zbekgidroenergo” AJ Andijondagi kanalda yuz bergan texnogen holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.