AsosiyJamiyat

Farg`onada yangi bozor foydalanishga topshirildi

Farg`ona shahrida qishloq xo`jaligi mahsulotlari ulgurji bozori qurilib, foydalanishga topshirildi. 

Bozor qurilishiga 7 milliard so`mdan ziyod mablag` sarflandi. Bu erda savdo qilish uchun barcha sharoit yaratilgan, deya xabar beradi O`zA. 

Majmua dehqon va fermerlar, tadbirkorlar uchun logistika markazi vazifasini ham o`taydi. Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini saqlash, shartnomalar tuzish va eksport qilish uchun barcha sharoit yaratilgan. Omborxonalarda 2 ming 800 tonna mahsulotni saqlash imkoniyati mavjud. Savdo rastalarining usti yopiq, sotuvchi va xaridorlar uchun barcha qulaylik yaratilgan.

Boshqa yangiliklar