4 dekabr, yakshanba kuni Rossiyaning Tyumen — Xanti-Mansiysk okrugida dahshatli yo`l-transport hodisasi yuz berdi. YTHda avtobus, ikkita yuk mashinasi va ikkita engil avtomobil to`qnashdi. Oqibatda esa 12 kishi halok bo`ldi, ulardan 10 nafari voyaga etmagan bolalar edi.
Ma`lumotlarga ko`ra, avtobusda sport akrobatikasi bo`yicha musobaqada ishtirok etib, Xanti-Mansiyskdan Nefteyuganskka qaytayotgan bolalar jamoasi bo`lgan. 22 kishi shifoxonaga yotqizilgan.
“RIA Novosti”ning xabar berishicha, avtobus haydovchisi Marat Zaynullin, yuk mashinasi haydovchisi Rail Saitxanov va yana bir haydovchi Aleksandr Sidoruklar hibsga olingan. Ular 2017 yilning 4 fevraliga qadar hibsda ushlab turiladi.
Avval xabar berilganidek, halok bo`lganlar orasida 2001 yilda tug`ilgan O`zbekiston fuqarosi Zulfiya Sarvar qizi ham bor edi. Uning singlisi 2001 yilda tug`ilgan Ergasheva Gavxar Sarvar qizi og`ir ahvolda Xanti-Mansiskdagi neyroxirurgiya klinikasiga etkazildi.
Zulfiyaning jasadi 7 dekabr kuni O`zbekistonga etkazilgan.





