Ikki noma`lum ayol Navoiy shahar Tinchlik ko`chasida yashovchi ayolning uyiga kelib, "qizingizning baxtini ochib beramiz" deb, aldov yo`li bilan uning ishonchiga kirib, ikki turdagi sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini olib ketishgan. Jabrlanuvchi aldanganini bilgach, ichki ishlar organiga murojaat qilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar organi xodimlari jinoyat joyini ko`zdan kechirib, jabrlanuvchi va uning qo`shnilari bilan surishtiruv ishlari olib borilgach firibgarlarning tashqi ko`rinishlari haqida ma`lumotlar to`planib, bir qator tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirdilar. Natijada gumonlanuvchilar issiq izida qo`lga olindi va sodir etgan jinoyati to`liq fosh etildi. Ular Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida yashovchi fuqarolar 1959 yilda tug`ilgan va 1981 yilda tug`ilgan ayollar ekan.
Ushbu firibgarlik holati bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.





