- Agar tanlagan tonal asosingiz teri rangidan to`qroq bo`lsa, unga biroz yumshatuvchi krem qo`shib ochroq tus berishingiz mumkin.
- Ko`z ostidagi qopchalarni pardoz yordamida bekitaman desangiz, konsillerni uchburchak qilib surting.
- Kipriklarni qayirgach, natija uzoqroq saqlanib qolishini istasangiz, moslamani fen yordamida biroz qizdirib oling.
- Ko`zlardagi charchoqni yashirish uchun pastki qovoqqa oq rangdagi qalam surting.
- Sochlaringiz ko`proq ko`rinishini istasangiz, farq orasiga jilosiz sochingiz rangiga mos ten surting.
- Yumshatuvchi kremingiz tezroq singishini istasangiz, surtishdan avval yuzni engil shapatilab qo`ying.
- Yaltiroq lakingizni jilosizlantirishni istasangiz, unga biroz makkajo`xori unidan qo`shing va yaxshilab aralashtiring.
- Labga jilo beruvchi bo`yog`ingizga 1-2 tomchi yalpiz moyidan qo`shsangiz, lab hajmini kattaroq ko`rsatadi.





