AsosiyJamiyat

Soat 17:00 ga qadar 77 foiz O`zbekiston fuqarolari Prezident saylovida ishtirok etdi

Markaziy saylov komissiyasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi borishiga bag`ishlangan brifing bo`lib o`tdi.

Hozirgi paytda Prezident saylovi mamlakatimiz va xorijiy davlatlar vakolatxonalarida tuzilgan saylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni davom etmoqda. 

Jumladan, O`zbekiston Respublikasining Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Misr, Pokiston, Evropa va boshqa davlardagi vakolatxonalarida tashkil etilgan saylov uchastkalarida ham ovoz berish jarayoni davom etmoqda. 

O`zbekistonning AQShdagi vakolatxonalari huzurida tashkil etilgan saylov uchastkalari ham ochildi. Mamlakatimizning Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Malayziya va Singapur vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yakuniga etdi. 

Hozirga qadar 15,7 milliondan ortiq fuqarolar ovoz berishda qatnashdi. Bu ro`yxatga kiritilgan saylovchilarning 77 foizi demakdir.

Boshqa yangiliklar