Germaniyaning “Bayer” jamoasi hujumchisi Xaver Ernandes o`z faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, meksikalik futbolchiga “Valensiya” jamoasi qiziqish bildirgan. Tomonlar qachon muzokara o`tkazishi haqida aniq ma`lumot berilmagan.
E`tiborli tomoni shundaki, Xaver Ernandes 2014/15 yilgi mavsumda La Ligada to`p surgan. O`shanda 28 yoshli futbolchi ijara asosida “Real” sharafini himoya qilgan.





