O`zbekistonda saylov jarayoni davom etmoqda. Keyingi tashrif buyurgan joyimiz Yakkasaroy tumanidagi 688-saylov uchastkasi bo`ldi.
Saylov uchastkasi raisi Zebo Ziyomuhammedova:
“Saylovni o`z vaqtida Davlat madhiyasi bilan boshladik. Ajablanarli tomoni shundaki, hali saylov uchastka ochilish vaqti bo`lmasidan xalqimiz kela boshlagandi. Ko`rib turibsiz, uchastkamiz gavjum. O`ylab qarasangiz, hech qaysi Davlatda bizdagi tinchlik yo`q, mana shu tinchlikni saqlab qolish mas`uliyatini har bir O`zbekiston fuqarosi o`zida his qiladi. Kelib o`zi uchun ovoz berishni o`ziga fahr deb biladi. Bu yilgi saylovlarimiz avvalgilaridan o`zgacha farq qilyapti, xalqimiz mehr bilan har biri o`zi uchun ovoz bergani kelyapti.”









