AsosiyJamiyat

687-saylov uchastkasi raisi: “Odamlarning kayfiyati juda ko`tarinki”

Bugun soat 6 da O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o`tkazuvchi barcha 14 saylov okrugida saylov uchastkalari ochildi va ovoz berish jarayoni boshlandi. Saylov uchastkalari o`z eshiklarini O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadolari ostida ochishdi. Darakchi.uz nashri ayrim saylov uchastkalariga tashrif buyurdi.

687-saylov uchastkasi raisi Ra`no Nosirova:

“Bugun yurtimizda bayram. Butun O`zbekiston Prezidentimizni saylayapmiz. Odamlarning kayfiyati juda ko`tarinki ruhda. Har bir fuqaro umid bilan o`z kelajagi uchun fuqarolik burchini ado etmoqda. Uchastkamizga 2783 saylovchi biriktirilgan, undan 47 nafari ilk bor ovoz beradi. Ko`rib turganingizdek, saylov uchastkamizda saylovchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan, bolalar, ona va bola xonasi o`z faoliyatini olib bormoqda.

Shuningdek ko`chaga chiqolmaydiganlar keksalarimiz, bemorlarimiz bor, ularning uylariga borib ovoz berishlari ta`minlanadi.”

Boshqa yangiliklar