AsosiyJamiyat

Turkiyalik xattotning Erdo‘g‘on uchun ko‘chirgan mus'haf nusxasi Toshkentda namoyish qilindi

O‘zbekistonda madaniy meros haftaligi doirasida  19 oktyabr kuni Istanbullik mashhur  xattot va islomshunos Husayn Kutlu ham yurtimizga keldi.

'Turkiyalik xattotning Erdo‘g‘on uchun ko‘chirgan mus'haf nusxasi Toshkentda namoyish qilindi'ning rasmi

Husayn Kutlu zamonaviy turk xattotlik maktabining eng taniqli vakillaridan biri. U 1949 yilda Turkiyaning Konya viloyatida tug‘ilgan. 1966-1967 yillarda Konya imom xatiblar maktabida, keyinchalik Istanbul universiteti Adabiyot fakultetida tahsil oldi. O‘sha paytlarda xattotlikka mehr qo‘ydi va shu sohanig yetuk mutaxassisiga aylandi. Istanbuldagi qator masjidlarda imomlik qildi. Shu bilan birga o‘zining xattotlik maktabini yaratib, qator yoshlarga shu soha sirlarini o‘rgatdi. 

Ayni paytda Husayn Kutlu Istanbul shahridagi o‘ziga qarashli bo‘lgan Islom sivilizatsiyasi bog‘ida istiqomat qiladi. Bu bog‘ni u shaxsiy tashabbusi va Turkiya Prezidenti Rejep  Tayyip Erdog‘anning ko‘magida yaratgan. Bog‘ tasavvuf va tariqat yo‘nalishida barpo etilgan  bo‘lib, ramziy ishoralarni o‘z ichida oladi. Bog‘da islom dinining muqaddasotlarini tamsil etuvchi daraxtlar ekilgan. Shuningdek bu bog‘da shifobaxsh giyohlar yetishtiriladi. Fariddin Attorninig “Mantiq ut-tayr” asarida nomi zikr qilingan qushlar ham shu yerda saqlanadi.

Husayn Kutluning eng katta ishlaridan biri Qur’oni karimni 1500 yillik xattotlik  va kitobat san’ati an’analari asosida qayta ko‘chirib chiqqanidir. Bu yangi qo‘lyozma 10 ta jildni o‘z ichiga oladi. Unda payg‘ambarimiz (s.a.v.) zamonlaridan to XX asr boshlariga qadar davom etib, kelgan kitobat va xattotlik san’ati namunalari, uslub va bezaklari kiritilgan. Jumladan, ushbu o‘n jildlik qo‘lyozmada Asri saodat (Payg‘ambarimiz yashagan davr), umaviylar, abbosiylar, somoniylar, qoraxoniylar, saljuqiylar, g‘aznaviylar, mamluklar, usmoniylar, elxoniylar, temuriylar, safaviylar, qojorlar, afshorlar, boburiylar, shuningdek Turkiyada respublika e’lon qilinganidan keyingi yillarga oid xat namunalari  va bezakli naqshlar kiritilgan.

“Mazkur qo‘lyozma ustida  60 dan ortiq shogirdlarim bilan birgalikda 8 yil davomida ish olib bordik, - djeydi Husayn Kutlu. - Qo‘lyoma materiallarini to‘plash uchun musulmon dunyosining turli nuqtalaridan xomashyo to‘pladik. Jumladan, qo‘lyozma qog‘oziga Samarqand va Buxorodagi qadamjolarda o‘sgan daraxtlar po‘stlog‘idan ham foydalanilgan.  Qur’oni karim nusxasida oltin aralashmasidan tayyorlangan zarhal bo‘yoqlar ham ishlatilgan”.

Mazkur Qur’oni karim nusxasi Turkiya Prezidenti Rejep Tayip Erdog‘anga tuhfa qilingan. Kitobning so‘nggi sahifalarida Prezidentga bag‘ishlangan maqtov va duolar arab alifbosida husnixat bilan yozilgan. Mazkur qo‘lyozmaning bosma nusxalari Husayn Kutluning maxsus kutubxonasida ko‘paytirilgan va sotuvga chiqarilgan.

Husayn Kutlu haftalik davomida bir qator tadbirlarda qatnashdi. O‘zbekisonlik xattotlar bilan uchrashuvlar, mahorat darslari o‘tkazdi. Shuningdek, u o‘zi va shogirdlari tomonidan yaratilgan “Istanbul mus'hafi”ni ham maxsus ko‘rgazmada namoyish qildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qibrayda yirik yong‘in sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:34

    Qibrayda yirik yong‘in sodir bo‘ldi

    Hodisaga 16 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilindi.

    'Birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik benzin hajmi ikki barobar oshiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:33

    Birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik benzin hajmi ikki barobar oshiriladi

    Gaz zapravkalar faoliyatiga kiritilayotgan qisqa muddatli cheklov sabab shunday qarorga kelindi.

    'Gaz zapravkalari faoliyatiga cheklovlar kiritiladi'ning rasmi

    Jamiyat 09.12.2024 21:17

    Gaz zapravkalari faoliyatiga cheklovlar kiritiladi

    Energetika vazirligi cheklovlar qisqa muddatga o‘rnatilganligini ma’lum qilmoqda.

    'O‘zbekistonda sun’iy intellekt sohasida faoliyat yurituvchi 10 ta ilmiy laboratoriya ochiladi'ning rasmi

    Jamiyat 09.12.2024 15:47

    O‘zbekistonda sun’iy intellekt sohasida faoliyat yurituvchi 10 ta ilmiy laboratoriya ochiladi

    Sun’iy intellektga asoslangan dasturiy mahsulotlar va xizmatlar hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.

    'Endi uy qamog‘idagi shaxslar uchun elektron braslet joriy etiladi'ning rasmi

    Jamiyat 09.12.2024 11:13

    Endi uy qamog‘idagi shaxslar uchun elektron braslet joriy etiladi

    Tartib 2025 yil 1 yanvardan boshlab amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etiladi.