“Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O`zbekiston Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamurodov Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 584-saylov uchastkasida ovoz berdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Sarvar Otamurodov saylov uchastkasiga soat 10:00 da tashrif buyurgan.
Yunusobod tumanidagi 5-maktabga Prezidentlikka nomzod kelguniga qadar 411 kishi ovoz bergan. Bu esa ro`yxatga olinganlarning umumiy sonidan 15 foizi deganidir.
Ovoz berish jarayonini mahalliy hamda rossiyalik va xitoylik kuzatuvchilar kuzatib turishdi.








