AsosiyJamiyat

Lacetti yo`lovchisi ham shifoxonada vafot etdi

1 dekabr, payshanba kuni Toshkent shahrida sodir bo`lgan mudhish yo`l-transport hodisasi oqibatida Lacetti haydovchisi ya`ni 22 yoshli TATU talabasi vafot etgan edi. Guvohlarning  so`zlariga ko`ra, mazkur yo`l-transport hodisasi yo`lning qatnov qismiga to`satidan chiqib qolgan piyodaning aybi bilan yuz bergan. 22 yoshli haydovchi piyodani urib yubormaslik uchun, rulni o`ng tomonga burgan va yo`l chetidagi daraxtga borib urilgan. 

Haydovchi hodisa joyida halok bo`lgan, uning yo`lovchisi esa og`ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edik

Facebook`dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida xabar berilishicha, Lacetti yo`lovchisi ham shifoxonada vafot etgan. Kecha piyodaning hayotini o`z umri evaziga saqlab qolgan ikki yigitning dafn marosimi o`tkazilgan.

Internet foydalanuvchilari yo`l-transport hodisalari nafaqat haydovchining tezlikni oshirishi, balki mas`uliyatsiz piyodalarning yo`l-harakati qoidalariga rioya qilmasligi oqibatida kelib chiqayotganini ta`kidlamoqda.

Boshqa yangiliklar