DND ingliz-rus tillaridagi axborot agentligi bosh muharri Iqror Xorun Og`a Samarqand viloyati saylov komissiyasi raisi Farmon Toshev bilan uchrashdi. Uchrashuv chog`ida tomonlar 4 dekabr kuni bo`lib o`tadigan mamlakat hayotidagi muhim siyosiy hodisa O`zbekiston Prezidenti saylovi kuni munosabati bilan saylov uchastkalaridagi tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashdi.
“O`zbek xalqi 2016 yilning 4 dekabr kuni bo`lib o`tadigan saylovlarida Prezidentni saylashga tayyor. Bu yilgi saylovlarda ilk marta ovoz berayotgan saylovchilar ham talaygina.
So`rovnoma natijalariga ko`ra, saylovchilarning 89 foizi ovoz berish jarayoniga o`z hayrixohligini bildirgan. Xalqning hayrixohligi esa mamlakatning har bir fuqarosining muhim burji va mas`uliyati hisoblanadi,—deydi Xorun Og`a,— Men Samarqanddagi beshta asosiy saylov uchastkalari, jumladan Samarqand davlat universitetida tashkil etilgan saylov uchastkasiga tashrifim chog`ida Markaziy saylov komissiyasi Prezidentlik saylovining ochiq-oshkoralik ruhida o`tishi uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshirganining guvohi bo`ldim.





