AsosiyJinoyat

Basketbol federatsiyasi tomonidan jami 489 mln so‘m talon-taroj qilingani aniqlandi

Sud hukmi bilan aybdorlarga tegishli jazo choralari qo‘llanildi.

'Basketbol federatsiyasi tomonidan jami 489 mln so‘m talon-taroj qilingani aniqlandi'ning rasmi

Prokuratura organlari tomonidan sportni rivojlantirishga qaratilgan qonunlar ijrosi yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Basketbol federatsiyasi ijrochi direktori Yu.S. ishlar boshqaruvchisi S.I. bilan jinoiy til biriktirib, S.I.ning onasi va ukasi nomiga “S.A.G.” MCHJ tashkil qilgan. So‘ng sportchilar sog‘lig‘ini monitoring qilishga mo‘ljallangan 2 dona aslida yetkazib berilmagan maxsus uskunalar uchun federatsiyadan 197 mln so‘m mablag‘ni jamiyat hisobiga o‘tkazib, talon-toroj qilgan.

Shuningdek, federatsiyaning 1-vitse prezidenti X.G. federatsiyaga tegishli bo‘lgan korporativ plastik kartadan noqonuniy ravishda shaxsiy ehtiyojlari uchun 162 mln so‘m mablag‘ni yechib olib, o‘zlashtirgan.

Bundan tashqari, yuqoridagi mansabdor shaxslar tomonidan federatsiyaga go‘yoki homiylarni jalb qilish xizmatlarini ko‘rsatish haqida soxta shartnoma rasmiylashtirilib, federatsiyaning 130 mln so‘m mablag‘i shaxsiy ehtiyojlar uchun sarflab yuborilgan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazildi va sudning hukmi bilan aybdorlarga tegishli jazo choralari qo‘llanildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Fargʻonada tuman hokimi oʻrinbosariga nisbatan jinoyiy ish ochildi'ning rasmi

    Jinoyat 25.11.2025 20:11

    Fargʻonada tuman hokimi oʻrinbosariga nisbatan jinoyiy ish ochildi

    Jinoiy ishi tergovi shaxsan Bosh prokuror tomonidan nazoratga olingan.

    'Toshkent viloyatida 12,3 kg gacha giyohvandlik moddasidan foydalangan shaxslar qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jinoyat 25.11.2025 15:00

    Toshkent viloyatida 12,3 kg gacha giyohvandlik moddasidan foydalangan shaxslar qo‘lga olindi

    Ushbu shaxslar bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi hamda 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    'Sariossiyoda hokim o‘rinbosari firibgarlikda ayblanib qamaldi'ning rasmi

    Jinoyat 21.11.2025 08:28

    ''ning rasmi

    Jinoyat 20.11.2025 21:54

    'Namanganda ta'lim tizimidagi mansabdorlar tomonidan tashkil qilingan "bunker" fosh etildi'ning rasmi

    Jinoyat 20.11.2025 20:38

    Namanganda ta'lim tizimidagi mansabdorlar tomonidan tashkil qilingan "bunker" fosh etildi

    Bir qator o‘qituvchilardan imtihon natijalarini ijobiy hal qilib berishni va’da qilgan holda 1300–1500 AQSh dollar miqdorida pul talab qilgan.

    'Toshkent va Namanganda 30 kg ga yaqin giyohvand modda bilan bog‘liq narkokuryerlar qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jinoyat 20.11.2025 11:37

    Toshkent va Namanganda 30 kg ga yaqin giyohvand modda bilan bog‘liq narkokuryerlar qo‘lga olindi

    Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi bo‘yicha ish qo‘zgatildi.