AsosiyJamiyat

Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat turlarini kamaytirish, mazkur sohani liberallashtirishga qaratilgan

O‘zLiDeP tomonidan ilgari surilayotgan tadbirkorlik bilan bog‘liq jinoyat turlarini kamaytirish va sohani liberallashtirish tashabbusi dolzarb ahamiyatga ega.

'Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat turlarini kamaytirish, mazkur sohani liberallashtirishga qaratilgan'ning rasmi

O‘zLiDeP partiyasi o‘z faoliyatida davlat tomonidan iqtisodiyotni nazorat qilinishini cheklash, odamlarning hayoti erkin va farovon bo‘lishi lozimligi, biznes yuritish oson va qulay bo‘lishi, soliqlar past bo‘lishi, byurokratik to‘siqlar bo‘lmasligi hamda iqtisodiyot raqobatga asoslanishi kabi g‘oyalarga asoslanadi. 

Mamlakatimizda biznesni rivojlantirish va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish ko‘p jihatdan mazkur sohadagi qonunchilikni liberallashtirishga bog‘liq. Sohadagi qonunchilikni liberallashtirilishi yangi tadbirkorlik subektlarining vujudga kelishiga hamda ko‘plab ish o‘rinlarini tashkil etishga zamin yaratadi.

Shu nuqtayi nazardan, O‘zLiDeP tomonidan ilgari surilayotgan tadbirkorlik bilan bog‘liq jinoyat turlarini kamaytirish, sohani liberallashtirish, qonuniy ishlayotgan va soliqlarni vaqtida to‘layotgan tadbirkorlarni tekshirmaslik, tadbirkorlar faoliyatiga belgilangan hollardan tashqari aralashgani uchun mansabdor shaxslarga javobgarlikni kuchaytirish hamda mansabdor shaxslarning fermerlar faoliyatiga (hosilni sotish, narx belgilash va b.) aralashuvini qat’iy taqiqlash kabi masalalar dolzarb ahamiyatga ega.

Mazkur tashabbuslar tadbirkorlar va ishbilarmonlarga ko‘plab imkoniyatlarni yaratib beradi. Jumladan, tadbirkorlik sohasida ishonchli huquqiy muhit yaratiladi va sarmoyadorlarni jalb qilish imkoniyatlari oshadi. Shu sababli, partiya shu kabi tashabbuslar orqali tadbirkorlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qulay biznes muhitini yaratish, ular faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning oldini olishga intilmoqda. 

Mazkur tashabbuslarning hayotga izchil tatbiq etilishi yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, ularning soliq intizomini mustahkamlash hamda aholi uchun qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga imkoniyat beradi. Bularning hammasi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va aholi farovonligini yuksaltirish kabi asosiy g‘oyalarning ro‘yobga chiqishiga xizmat qiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Uzbekistan Airways samolyoti Krasnoyarskka favqulodda qoʻndi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:14

    Uzbekistan Airways samolyoti Krasnoyarskka favqulodda qoʻndi

    Reyslarining keyingi harakat jadvali va batafsil ma’lumotlar qo‘shimcha ravish e’lon qilinishi ta’kidlandi.

    'Oʻzbekiston aeroportlari 2025 yilda 15 milliondan ortiq yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:18

    Oʻzbekiston aeroportlari 2025 yilda 15 milliondan ortiq yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi

    2025 yilda Oʻzbekiston aeroportlari 128 972 ta aviareys amalga oshirib, 15 504 264 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi.

    'Oʻzbekistonda oltin narxi rekord darajada qimmatlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:14

    Oʻzbekistonda oltin narxi rekord darajada qimmatlandi

    Bugun, 21 yanvar kunida Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda oltin quymalarning bir grammi yangi rekord — 1 million 894 ming 820 so‘mga baholanmoqda.

    'Pop tumanida hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan ushlanidi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:03

    Pop tumanida hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan ushlanidi

    Namangan viloyati Pop tumanida yer masalalari bilan bog‘liq ikki holatda mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari aniqlandi, ular tezkor tadbirlar davomida fosh etildi.

    'Jurnalist El'yor Tojiboyev 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:34

    Jurnalist El'yor Tojiboyev 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

    Marg‘ilon shahri sudi “Antikorruptsiya” nashri muxbiri Elyor Tojiboyevni bir qator jinoyatlarda aybdor deb topib, 4 yilga qattiq tartibli koloniyaga hukm qildi.

    'Markaziy Osiyo davlatlariga “tosh otgan” Solovyev ishdan bo‘shatildimi?'ning rasmi

    Jamiyat 20.01.2026 19:18

    Markaziy Osiyo davlatlariga “tosh otgan” Solovyev ishdan bo‘shatildimi?

    Ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik propagandist tahlikali bayonotidan keyin ishdan olingani aytilmoqda.