Ispaniyaning Marca gazetasi o`z o`quvchilari orasida “Barselona” va “Real” o`yinida kim g`olib bo`lishi haqida so`rovnoma o`tkazdi. Bu haqda “Championat.com” nashri xabar bermoqda.
So`rovnoma natijasiga ko`ra, atigi 14% respondentlar kataloniyaliklarning g`alabasiga ishonmoqda. 63% ovoz berganlar “Real” g`alabasini taxmin qildi. 23% muxlislar durang bo`ladi deb hisoblamoqda.
Eslatib o`tamiz, “Barselona” va “Real” o`rtasidagi navbatdagi “El-Klasiko” 3-dekabr kuni bo`lib o`tadi.





