Qatar Yulduzlar Ligasi 8-turida “Al-Jaish” o`z maydonida “Al-Haritiat” klubiga qarshi bahs olib bordi.
“Al-Jaish” safida to`p surayotgan O`zbekiston terma jamoasi a`zosi Sardor Rashidov 38-daqiqada kiritgan goli evaziga jamoasiga g`alaba keltirdi.
Ushbu g`alabadan so`ng “Al-Jaish” ochkolari sonini 22 taga etkazib, turnir jadvalidagi peshqadamligini yanada mustahkamlab oldi.





