Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan Jizzax viloyatida o`rnatilgan onlayn kuzatuv kameralari orqali belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bilan bog`liq huquqbuzarliklar aniqlanmoqda.
Xususan, Jizzax shahar "Xalqobod" MFY hududida fuqarolar S.L. hamda K.M.lar tomonidan noqonuniy chiqindi tashlangan. Shuningdek, xuddi shu hududda R.I., D.X. va boshqa fuqarolar ham huquqbuzarlik sodir etishgan.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan barcha huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 91Prim 1-moddasiga ko`ra ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Har bir huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari — 340 ming so`m miqdorida jarimaga tortildi.
Ma`lumot uchun, onlayn kuzatuv kameralarini respublikamizning barcha hududlarida o`rnatish rejalashtirilgan. Bu kameralar har qanday turdagi ekologik huquqbuzarlikni o`z vaqtida aniqlash, tezkor chora ko`rish va bartaraf etishga yordam beradi.






