Ispaniyaning “Barselona” klubi etakchisi Lionel Messi kataloniyaliklarning o`yini unga bog`liqligi haqidagi savolga o`z munosabatini bildirdi.
“Barselona”ning o`yini menga bog`liqmi? Bu savol menga yoqmaydi va xushomat qilmaydi. Men dunyodagi eng yaxshi klubda to`p suraman va jamoa bitta futbolchiga bog`liq emas. Bu haqda o`ylamayman”, – dedi argentinalik futbolchi.
Bir muddat avval “Barselona” a`zosi Rafinya Alkantara ham jamoaning o`yini Messiga bog`liq emasligini aytgandi.





