
Baliq go`shtidan...
Zarur masalliqlar: 2 bo`lak baliq go`shti, 2 osh qoshiq zaytun yog`i, tuz, maydalangan rozmarin, qora murch.
Tayyorlanishi: Tuz, murch va rozmarinni aralashtirib, baliq go`shti bo`laklariga yaxshilab surting. Zaytun yog`ini qizdirib, baliq go`shti bo`laklarini soling. Har ikkala tomonini 5 daqiqadan qovuring. Pishgach, folga (zar qog`oz)ga o`rab, 10 daqiqa qo`ying. Keyin dasturxonga tortishingiz mumkin.

Mol go`shtidan...
Zarur masalliklar: 300 gr. mol go`shti, ziravorlar, tuz, murch.
Tayyorlanishi: Mol go`shtini yupqaroq bo`laklarga bo`ling. Keyin bolg`acha yordamida yaxshilab uring. Ziravorlar, tuz, murch sepishni unutmang. Quruq tovani qizdirib, go`shtning Har ikkala tomonini 8 daqiqadan past olovda pishirib oling.

Tovuq go`shtidan...
Zarur masalliqlar: 300 gr. tovuq go`shti, 1 dona tuxum, 50 gr. pishloq, ziravorlar, mayonez, tuz, murch.
Tayyorlanishi: Tovuq go`shtini yupqaroq bo`laklarga bo`ling. Mayonez, tuxum va qirg`ichdan o`tkazilgan pishloqni aralashtiring. Keyin tovuq go`shti bo`laklarini aralashmaga belab olib, ziravor, tuz, murch seping. 200 darajada qizdirilgan gaz pechida 20-30 daqiqada pishadi.





