AQShning Nyu-York shahrida sport kurashlari bo`yicha an`anaviy xalqaro xotira turniri bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston sport kurashlari assosiasiyasi matbuot xizmati xabariga tayanib, “Olamsport” ma`lum qildi.
Ushbu nufuzli musobaqada O`zbekiston terma jamoasi a`zosi Bekzod Abdurahmonov ham ishtirok etdi. Erkin kurash bahslarining 74 kg vazn toifasida gilamga chiqqan hamyurtimiz yakunda kumush medal sovrindori bo`ldi. Abduraxmanov finalga qadar mag`lubiyatsiz etib bordi.
Bekzod oltin medal uchun kechgan bahsda amerikalik Aleks Dieringerga imkoniyatni boy berib qo`ydi. Bronza medali yana bir mezbon kurashchi Mett Braunga nasib etdi.





