O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi veb-saytida Moliya vaziri Rustam Sodiqovich Azimovning virtual qabulxonasi ochildi.
Unda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilinadi. Virtual qabulxona manzili www.mf.uz. Mazkur veb-sayt foydalanuvchilari ushbu manzilga kirib, maxsus shaklini to`ldirish orqali o`z arizalari, shikoyatlari va takliflarini qoldirishlari mumkin.
“Moliya vazirligi murojaat yuborishida elektron raqamli imzo bo`lishi talab qilinmaydi”, — deyiladi xabar matnida.





