1055 dispetcherlik xizmati aholining qish-qirovli kunlarda issiqlik, tabiiy gaz, elektr ta`minoti, ko`p qavatli uylarning erto`lalari, kirish yo`laklari, chordoqlar, tom ustidagi barcha muammolar va xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar faoliyati bilan bog`liq boshqa masalalar bo`yicha murojaatlarni uzluksiz tun-u kun davomida qabul qilishi va bu muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etishini ma`lum qiladi.
Shu bilan birga, to`rt raqamli dispetcherlik xizmatlari har bir tumanda ham tashkil etilgan bo`lib, ular quyidagi raqamlar orqali aholini qiynayotgan barcha muammolarga zudlik bilan echim topish ustida ish olib boradi:
Bektemir tumani - 1068
Mirobod tumani - 1079
Mirzo Ulug`bek tumani - 1075
Olmazor tumani - 1070
Sergeli tumani - 1071
Uchtepa tumani - 1073
Chilonzor tumani - 1056
Shayxontohur tumani - 1077
Yunusobod tumani - 1078
Yakkasaroy tumani - 1074
Yashnobod tumani - 1076
Ushbu dispetcherlik xizmatiga qilingan har bir murojaat audio formatida yozib olinadi va ularning ijrosi ustidan tizimli nazorat o`rnatiladi. Bir so`z bilan aytganda, Sizning 1055 dispetcherlik xizmatiga qilgan har bir murojaatingiz ijrosi doimiy nazoratda bo`lishi ta`minlanadi.





