AsosiyJamiyat

Bektemirda 55 ta jarimani to`lamagan ayoldan mashinasi olib qo`yildi

'Bektemirda 55 ta jarimani to`lamagan ayoldan mashinasi olib qo`yildi'ning rasmi

Toshkent shahar Bektemir tumanida 55 ta jarimani to`lamay kelgan ayoldan mashinasi olib qo`yildi. Bu haqda MIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, Bektemir tumanida yashovchi Gulchehra ismli ayoldan IIB YXHB organlari qarorlariga asosan jami 55 ta qoidabuzarlik uchun salkam 62 mln so`m ma`muriy qarzdorlik mavjud. U avtomobilda harakatlanayotgan vaqtida yo`llarda belgilangan harakat tezligini oshirib, yo`l chiziqlarini bosib va eng yomoni, svetoforning qizil chiroqlariga ham e`tibor bermasdan harakatlangan holda jami 55 ta qoidabuzarlik sodir etgan.

Qoidabuzarlikdan 45 tasi tezlikni oshirgani uchun qo`llanilgan. MIBning Bektemir tuman bo`limi xodimlari tomonidan haydovchining, Tracker 2 mashinasiga qidiruv e`lon qilinib, mashina Toshkent shahridan topilgan va jarima maydoniga qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar