AsosiyDunyo

Afg`onistonda ayol besh egizak farzandni dunyoga keltirdi

'Afg`onistonda ayol besh egizak farzandni dunyoga keltirdi'ning rasmi

Bugun, 16 mart kuni Afg`onistonda ayol 5 nafar egizak farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqda Aamaj news nashri xabar qilmoqda.

Aytilishicha, holat Nangarhor viloyatida sodir bo`lgan. 39 yoshli ayol viloyat tug`uruqxonasida to`rt o`g`il va bir qiz farzandni dunyoga keltirgan.

Xabarlarga ko`ra, chaqaloqlar va ularni dunyoga keltirgan ona salomatligi qoniqarli ahvolda.

Nangarhor viloyati Afg`oniston sharqida joylashgan tog`li hududdir. Mazkur hududda sog`liqni saqlash tizimining nisbatan past darajasi tufayli onalar va bolalar o`limi bilan bog`liq holat nisbatan yuqori.

    Boshqa yangiliklar