- Turmush o`rtog`ingiz go`sht va undan tayyorlanadigan eguliklarni xush ko`rsa, u pragmatik inson. O`ziga ishonadi, er-xotin munosabatlariga jiddiy yondashadi. Ammo hayotni ideallashtirishni yoqtirmaydi.
- Baliq go`shti va baliqli taomlar ixlosmandi oilaviy mojarolarni yoqtirmasligi aniq. Sabr-bardoshli, kezi kelganida sizga yon bossa-da, muammoli vaziyatlarga toqati yo`q.
- Juftingizga tez-tez sabzavotli taom va eguliklar tayyorlab bersangiz, bilingki, u romantik va ehtirosli odam. Shu bois ham o`zaro munosabatlarda tasavvuringizni ishga solib, turli xil “kashfiyot”larni sinab ko`rishingiz mumkin.
- Begingiz uzum, banan, gilos kabi yumshoq mevalarni yoqtirsa, omadim chopdi, deyavering. Boisi, uni uncha-munchaga ranjitolmaysiz. Ammo portlashiga imkoniyat bermang. Olma, behi kabi qattiq meva ishqibozlari esa nozikko`ngil bo`lishadi. Bunday erkak bilan o`ylab muomala qilgan durust.
- Shirinlikni sevuvchi turmush o`rtog`ingizdan ajoyib umr yo`ldosh chiqadi. Biroq ba`zi hollarda onasining erkasi bo`lib qolsa, ranjimang. Bu uning fe`lidagi o`ziga xoslikdir.
Eringiz lov etib yonib, puf etib o`chsa, demakki, achchiq taom va eguliklarni xush ko`radi. Shuningdek, bunday erkaklar doim kutilmagan vaziyatlarga tushib qolishadi.





