Futzal bo`yicha O`zbekiston U-20 terma jamoasi bugundan yig`inga kirishdi, deb xabar bermoqda O`zbekiston futzal uyushmasi matbuot xizmati.
Bundan maqsad - 2017 yil tarixda ilk marotaba o`tkaziladigan U-20 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko`rish. Ushbu jamoaga ham ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Mendez bosh murabbiylik qilmoqda. Janob Mendez U-20 terma jamoamizga nomzod sifatida 17 nafar futzalchini mashg`ulotlarga jalb etdi. Ushbu yig`in 26 noyabrga qadar davom etadi. Mashg`ulotlar kuniga ikki mahaldan olib boriladi.
O`zbekiston U-20 terma jamoasi yig`iniga chaqirilganlar:






