Sesil Chao ismli gonkonlik milliarder qizi Jidjini turmushga chiqishga ko`ndira olgan yigitga $ 180 million dollar miqdorida pul to`lashga va`da berdi, deb xabar qildi “Udiwis.ru” nashri.
Milliarderning bunday qarorga kelishiga, qizi bo`y etganiga qaramay, turmushga chiqishni istamasligi va dugonasi bilan birga yashayotganligi sabab bo`lgan.
Avvaliga “Cheuk Nang Holdings Ltd.” korporasiyasi egasi bo`lgan Sesil Chao qizining sepi uchun $ 40 million dollar berishni rejalashtirgan edi, ammo 20 000 dan ortiq kuyovlikka nomzodlarning talabini inobatga olib, u sep miqdorini oshirishga majbur bo`ldi.
Ilgari Jidji hech qanday pul uni fikridan qaytishga majbur qilolmasligini bildirgan edi. Ammo milliarder otasi hamon qizining turmushga chiqishidan va uning ishini davom ettiradigan nevaralar hadya etishidan umidvordir.





