Rejissyor Zebo Navro`zova kelini, aktrisa Asal Shodieva bilan birga “Darakchi”ga intervyu berdi. Intervyu davomida Asal Shodieva turmush o`rtog`i Shohruhxonning o`z ijodiga munosabati haqida aytib o`tdi.
“Bilasizmi, to`ydan keyin ijod qilishimga rozi bo`lmadilar. Oila qurgandan keyin kelin uy ishlari, oila bilan band bo`lishi kerak dedilar. Biroq Zebo opa mening yonimni olib, ishlashimga ruxsat olib beryaptilar. Shohrux aka hali aniq qaror aytmadilaru, biroq, oyijonimiz ko`maklarida fotosessiya, kichikroq loyihalarda ishtirok etib kelyapmiz. (Zebo opaga yuzlanib) Buning uchun sizga rahmat” — deydi Asal Shodieva.
Zebo Navro`zovaning ma`lum qilishicha, Asalni rolga taklif qilgan har bir rejissyor birinchi o`rinda u va Shohruhxonning oldidan o`tadi. Ssenariylarni ham birinchi Zebo Navro`zova va Shohruhxon o`qib ko`radi.
“Bu Asalga ishonmaymiz degani emas. Kelinim ham rollarni chertib- chertib tanlashiga ishonaman”,—deydi Zebo Navro`zova.





