- Ikki oy davomida har kuni kechki payt bodom yog`ini ilitib, 15 daqiqaga surting.
- Yuzingizni sovun bilan yuvganingizda quruqlashib qolayotganini his qilishingiz mumkin. Bargizub, ittikanak (chereda), yalpiz, moychechakning har biridan yarim choy qoshiqdan olib, 1 stakan qaynagan suvda damlang. 10-20 daqiqa tindirib, suvini suzib oling va 1 choy qoshiq kraxmal qo`shing. Bu damlama bilan ertalab va kechqurun yuzingizni yuving. U sovun vazifasini o`taydi, teringizni quruqlashtirib yubormaydi.
- 2 choy qoshiq asalga 1 choy qoshiq manniy krupasi qo`shib aralashtiring. Aralashmani yuzingizga va, ayniqsa, qora nuqtalar bor joylariga yaxshilab uqalovchi harakatlar bilan surting. U terini tozalab, qora nuqtalarni yo`qotishga yordam beradi.
- 2 osh qoshiq asalni 3 osh qoshiq qaymoq, 3 tomchi retinol (vitamin A)ni yarim stakan manniy krupasi bilan aralashtiring. Dushga kirganingizda avval teringizni namlab, keyin bu niqobni surtishingiz mumkin. Ayniqsa, tananing sellyulitli qismlarini yaxshilab ishqalash lozim.
18.11.2016 05:04





