Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo`g`on 17 noyabr kuni mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari A.Ikromov kutib oldi.
Tashrifning asosiy tadbirlari 18 noyabrga mo`ljallangan.
Turkiya Respublikasi Prezidenti O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qiladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo`g`on uchrashuvi chog`ida O`zbekiston – Turkiya hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashiladi.





