Professional bokschi, katta leytenant Bektemir Meliqo`zievning harbiy unvoni bir pog`onaga ko`tarildi. Bu haqda O`zbekiston professional boks federasiyasi matbuot xizmati xabar qildi.
Mudofaa vazirining Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo`yicha o`rinbosarining buyrug`iga binoan Bektemir Meliqo`zievga "Kapitan" harbiy unvoni berildi.
Eslatib o`tamiz, Meliqo`ziev so`nggi jangini 2023 yilning oktyabr oyida Alantes Foksga qarshi o`tkazib, 4-raundda texnik nokaut evaziga g`alaba qozongandi.






