Joriy saylov jarayonini yoritish uchun Markaziy va okrug saylov komissiyalari tomonidan 1210 nafar xorijiy va milliy OAV vakillari akkreditasiyadan o`tkazildi.
Respublika matbuot markazi hamda okrug saylov komissiyalari matbuot markazlari tomonidan saylov kampaniyasining muhim bosqichlariga bag`ishlangan 92 ta matbuot anjumani va brifing o`tkazildi.
Saylov kampaniyasi boshlanganidan e`tiboran milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida bugungi kunga qadar 11 mingdan ziyod syujet va reportajlar, shu jumladan, matbuotda 4600 dan ziyod maqola, tele- va radiokanallar orqali 4600 ga yaqin, internet nashrlarida esa 2200 dan ortiq xabar va tahliliy materiallar uzatildi.





