O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 26 yanvar kuni Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.
O`zbekiston bilan Qirg`iziston o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirishning dolzarb masalalari ko`rib chiqildi.
Davlat rahbarlari ikki tomonlama yaxshi qo`shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari bugungi kunda yuksak darajaga ko`tarilganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Mamlakatlarimiz hukumatlari, idoralari, hududlari va ishbilarmon doiralari o`rtasida yaqin aloqalar va almashinuvlarni davom ettirish muhimligi ta`kidlandi.
O`zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, avtomobilsozlik, elektrotexnika va to`qimachilik tarmoqlarida, qishloq xo`jaligi va boshqa ustuvor yo`nalishlarda, shu jumladan qo`shma Taraqqiyot fondi doirasida sanoat kooperasiyasi loyihalarini ilgari surish bo`yicha birgalikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar qo`llab-quvvatlandi.
Madaniy-gumanitar hamkorlik dasturini kengaytirishga alohida e`tibor qaratildi.
O`zbekiston va Qirg`iziston etakchilari Markaziy Osiyo mintaqasidagi infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar, bo`lajak uchrashuvlar rejasini ko`rib chiqdilar.






