Kecha, Toshkentdagi «O`zbekiston» sport majmuasida futzal bo`yicha 2016-2017 yilgi mavsum rasman start oldi.
Ilk tur doirasidan o`rin olgan bellashuvda «Lokomotiv» klubi futzalchilari «Metallurg»ga qarshi bahs olib borishdi. Anchagina qiziqarli ko`rinish olgan uchrashuvda bekobodliklarning qo`li baland keldi – 4:1.
«Metallurg» — «Lokomotiv» 4:1
Gollar: Sh.Dehqonov 14, 22, I.Bituraev 18 (dabl pen.), J.Ergashev 40 — M.Xaydarxo`jaev 31
«Metallurg» (birinchi beshlik): Nodirjon Nishonov, Sunnat Kuralov, Shavkat Dehqonov, Islombek Bituraev, Maqsud Fayzullaev.
Zaxira: Timur Saydullaev, Jo`ra Ergashev, Sardorbek Inomjonov.
«Lokomotiv» (birinchi beshlik): Umidjon Usmonov, Abdujamshid Qayumov, Mirzoxid Xaydarxo`jaev, Javohir Hamidov, Ilhom Sharipov.
Zaxira: Artem Grabovskiy, Baxtiyor Rasulov, Doniyor Tuliboev, Islom Komoljonov, Miralo Mirazizov, Asomiddin Jaloliddinov, Abdulla Ahmadjonov, Bobur Payzullaev, Abdulla Solihov.





