Aktrisa Zarina Nizomiddinova «Shok.uz» saytiga bergan intervyusida kino va reklama sohasidagi gonorarlari haqidagi savollarga javob berib o`tdi, deb yozadi “Daryo”.
Malibu avtomobilini qaysi pulga oldingiz? Har holda kinodan tushadigan gonorarlar unchalik katta emas, to`g`rimi?
— Mening gonorarim qancha ekanligini bilmaysiz-ku. Gonorarim — shaxsiy masala va uni hammaga aytishim shart emas. Keyin, atrofga nazar tashlasak, deyarli barcha aktrisalarning mashinasi bor…
— Lekin ularda asosan Lacetti, Nexia va shunga o`xshash mashinalar…
— Nega endi? Yaxshi mashinalar ham bor. Balki ularning o`zi yaxshi mashina sotib olishni istamas, balki boshqa narsaga pul to`playotgandir. Men o`zimga qulay bo`lsin, deb shu mashinani sotib oldim.
— Demak, reklamalardan tushgan pulga sotib olgansiz?
— Ishlayman, o`zimizga to`qmiz, Xudoga shukrki, yonimda akam bor.
— Reklamalardagi chiqishlaringiz uchun sizga qancha to`lashadi, gonorar miqdori kattami?
— Gonorarim miqdorini hech qachon ommaga ma`lum qilmayman. Ko`ryapsiz-ku, Malibu olibmanmi, demak, gonorarim katta ekan.





