Angliya terma jamoasi hamda “Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Ueyn Runi milliy jamoa safida tizzasidan jarohat oldi. Bu haqda The Guardian nashri ma`lum qilmoqda.
Ta`kidlanishicha, tajribali hujumchi “Manchester Yunayted” ixtiyoriga qaytgan va klub qarorgohida davolanish jarayonini davom ettiradi.
Ueyn Runi Ispaniyana qarshi o`rtoqlik o`yinida maydonga tushmaydi. Uning jarohati qanchalik og`ir ekani va tiklanishiga qancha vaqt kerakligi hozircha noma`lum.





